2022 yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 1279 ta narkojinoyat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi.
Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Taʼkidlanishicha, respublikada sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari ko‘paygan.
Xususan, 2022 yilda 32 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan bo‘lib, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlik doirasida 2022 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar o‘tkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlandi hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi.


