Mamlakatda 2023-yilda 21 ming nafardan ortiq egizak chaqaloq tug‘ildi. Hududlar kesimida eng ko‘p egiz Farg‘onada dunyoga kelgan. Statistika agentligi axborot xizmati 2023-yilda O‘zbekistonda egizaklar tug‘ilishi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda respublikada 962 ming nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 21 012 nafari egiz tug‘ilganlar. Quyida hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni keltirilgan:
Qoraqalpog‘iston – 996 nafar;
Andijon viloyati – 1 947 nafar;
Buxoro viloyati – 1 059 nafar;
Jizzax viloyati – 937 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 2 171 nafar;
Navoiy viloyati – 583 nafar;
Namangan viloyati – 1 784 nafar;
Samarqand viloyati – 2 313 nafar;
Surxondaryo viloyati – 1 679 nafar;
Sirdaryo viloyati – 511 nafar;
oshkent viloyati – 1 570 nafar;
Farg‘ona viloyati – 2 494 nafar;
Xorazm viloyati – 1 129 nafar;
Toshkent shahri – 1 839 nafar.


