Birja matbuot xizmatining malum qilishicha, 26-iyun-2 iyul kunlari O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 1 195,1 milliard so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 52,9 foizga kamdir.
Taʼkidlanishicha, sotuvlarning:
-
95,7 foizi – birja savdolari;
-
4,3 foizi – elektron davlat xaridlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 289 milliard so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida onlayn autsion orqali 577 ta avtoraqamlar sotildi. Cotilgan davlat raqam belgilarining umumiy narxi 1,4 milliard so‘mni tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 143,9 milliard so‘mlik tovar resurslari sotildi. Jumladan, ushbu davrda sement, paxta yog‘i va poliyetilen mahsulotlarning birjadagi narxlari pasaydi.


