1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda birja savdolarida o‘sish kuzatildi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida suyultirilgan gaz, sement va shakar narxi pasaydi.

O‘zbekistonda birja savdolarida o‘sish kuzatildi

 

Birja matbuot xizmatining malum kilishicha, 19-25 iyun kunlari O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,53 milliard so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.

 

Taʼkidlanishicha, sotuvlarning:

 

  • 74,1 foizi – birja savdolari;

  • 25,91 foizi – elektron davlat xaridlariga to‘g‘ri keldi.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 489,6 milliard so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida onlayn autsion orqali 2016 ta avtoraqamlar sotildi. Cotilgan davlat raqam belgilarining umumiy narxi 7 milliard so‘mni tashkil qildi.

 

Birja savdolari

 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 928,5 milliard so‘mlik tovar resurslari sotildi. Jumladan:

 

Shakar

 

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. 19-25 iyun kunlari birja savdolarida 13 500 tonna shakar sotuvga qo‘yildi va undan 10 500 tonnasi, yaʼni 77,85 foiz qismi sotildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 152,4 ming so‘mdan 10 838,4 ming so‘mgacha pasaygan.

 

Sement

 

Maʼlum qilinishicha, o‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 64,988 tonna sement qo‘yildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 668 ming so‘mdan 642,4 ming so‘mgacha pasaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика