Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda bugungi kunda 1mln 307 ming 800 ta kambag‘al oilalar mavjud.
Ta'kidlanishicha, respublika bo'yicha kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan.
"Yil yakunida bu ko'rsatkich 14,1 foizdan 12 foizga, ya'ni, 1 mln 307 ming 800 dan 1 mln 180 ming oilaga qisqarishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2023-yilning dekabr oyiga kelib, respublikadagi 130 mingga yaqin oila ya’ni, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.


