1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O'zbekistonda Covid-19 ning yangi shtammi aniqlangani rostmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi holat bo'yicha ma'lumot berdi.

O'zbekistonda Covid-19 ning yangi shtammi aniqlangani rostmi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator mamlakatlari bo‘ylab Covid-19 ning XYeC nomli yangi shtammi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda dunyo bo‘ylab “omikron” shtammining 10 ta versiyasi "aylanib yuribdi".

 

Ta’kidlanishicha, bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqrog‘i O‘RVI va grippga xos belgilar bilan kechmoqda. Faqat ayrim farqli alomatlari bor. Yengil nafas qisishi, davomli yo‘tal, ta’m va hid bilish qobiliyati qisman yo‘qolishi, holsizlik kabi simptomlar shular jumlasidan.

 

Qolaversa, xalqaro tibbiy amaliyotda XYeC shtammini yuqtirgan bemorlar asosan bir-ikki haftada to‘liq tuzalib ketishi kuzatilmoqda.

 

"Hozir O‘zbekistonda XYeC shtammi qayd etilgani yo‘q. O‘z navbatida, COVID-19 ga qarshi yetarli vaksinalar zaxirasiga egamiz. Shu bois yurtimizda katta miqyosdagi epidemiya va pandemiyalar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Negaki, aholimizda mavjud bo‘lgan jamoaviy immunitet mazkur kasallik qo‘zg‘atuvchisini mamlakat hududiga kirib kelib, juda keng ko‘lamda tarqalish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi"- dedi Nurmat Atabekov .

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика