1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi

 

22-aprel kuni Vaziroar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

 

— NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;

— NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;

— NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.

 

2023 yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

 

— ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
— loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
— kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
— davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.

 

Ta’kilanishicha, ushbu elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика