“O‘zaeronavigatsiya” markazi DUKda 16-avgust kuni O‘zbekistondagi aerodromlarning uchish va qo‘nish zonasida havo harakatini tashkil etish xizmati va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni ta’minlash tartibiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Transport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, uchrashuv davomida uchuvchisiz uchish apparatlari va fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining havo hududidan birgalikda foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish tizimlari sohasini yana-da rivojlantirish, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari joylashuvini aniqlash masalalari va uchuvchisiz uchish tizimlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish chora-tadbirlari kabi masalalar muhokama etildi.


