1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish so‘na boshladi

Savdolarning eng katta pasayishi 3 ta viloyatda qayd etildi.

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish so‘na boshladi

 

Yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Eng katta o‘sish 7, foizga foydalanilgan avtomobillar segmentida, eng kam o‘sish yangi mahalliy yengil avtomobillar segmentida 1 foizga, elektromobillarga qiziqish esa 7,8 foizga sezilarli darajada kamaydi

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhiga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida ijobiy dinamika kuzatilmoqda.

 

Eng katta o‘sish 7, foizga foydalanilgan avtomobillar segmentida, eng kam o‘sish yangi mahalliy yengil avtomobillar segmentida 1 foizga, elektromobillarga qiziqish esa 7,8 foizga sezilarli darajada kamaydi.

 

Bir oy davomida barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8 foizga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 14 foizga o‘sish qayd etildi.

 

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat qanday?

 

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 128 mingta yengil avtomobil sotildi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga ko‘pdir.

Savdolarning eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yengil avtomobillar bozori yillik o‘lchovda 8 foizdan oshdi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyatga kelsak, oy davomida sotuvlar 1,4 foizga oshdi. Birlamchi avtomobil bozori yil davomida 22 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o‘sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o‘lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20 foizga o‘sdi.

 

O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobillar bozori o‘sishdan to‘xtamayapti

Oy davomida ikkilamchi bozorda 96 mingdan ortiq avtomobil sotildi. Bu avvalgi oyga nisbatan 7,6 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish 4,4 foizni tashkil etdi.

 

Yengil xorijiy avtomobillar segmenti va elektromobillar bozoridagi vaziyat Yanvar oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,7 foizga o‘sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37 foizdan oshdi.

 

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish esa pasaya boshladi. Yanvar oyida yengil elektromobillar savdosi 3,3 mingtani tashkil etdi, bu oldingi oyga nisbatan 7,8 foizga kamdir.

 

Savdolarning eng katta pasayishi Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Yillik hisobda elektromobillar savdosi 7,7 barobarga oshdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика