1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

O‘zbekistonda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universtet tashkil etiladi

Hukumatning «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteridagi Farmatsevtika texnik universitetining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga eʼlon qilindi.

O‘zbekistonda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universtet tashkil etiladi

 

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

Universtet faoliyatini muvofiqlashtirish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика