1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda fuqaroni IIBga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda fuqaroni IIBga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

 

 

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda bugun, 22-iyul kuni Hukumatning 399-sonli qarori qabul qilindi. 

 

Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan “E-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Barcha ma’lumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.

 

Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:

—shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
—shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
—shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.

 

Xodim shaxsni to‘xtatganda uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:

—uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
—qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
—shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
—jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика