1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

O`zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Shuningdek, tibbiyot OTMda 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

O`zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

 

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.

 

Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi:

 

  • tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati shakllantiriladi;

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

 

Shuningdek, 2024-yildan yillik tibbiy ko‘riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o‘tkazish dasturlari joriy etiladi. Bundan tashqari, 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

  • tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

 

Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

 

  • tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;

  • texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi;

  • tibbiyot yo‘nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi;

  • tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy taʼlim portali;

  • davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi beriladi;

  • tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi.

 

Shu bilan birga, 2023-yil yakunigacha:

 

  • barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulanadi;

  • nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringi yuritiladi;

  • tibbiy faoliyatni nazorat qilishda «xavfni tahlil qilish» tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi; 

  • tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;

  • tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика