1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha yordam beradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi

Prezident qarori bilan 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi

O‘zbekistonda har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha yordam beradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi

 

Prezidentning “Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.

 

Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

 

  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi;
  • Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi;
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tizimida Investorlar markazi;
  • Eksportni rag‘batlantirish agentligi tizimida Eksportchilar markazi hamda 2023-yil 1-dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan “GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llanilishiga doir maʼlumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.

 

Bundan tashqari, “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.

 

Farmonga ko'ra, 2023-yil 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda (quyida ro‘yxati keltirilgan) yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика