Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Komiljon Akramovning taʼkidlashicha, O‘zbekistonda har o‘n nafar boladan biri ovqatlanishdagi muammo sabab rivojlanishdan ortda qolgan. Mutaxassisga ko‘ra, bu raqam butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha olingan. Viloyatlar o‘rtasida farq ikki xonali raqamgacha yetadi.
Mutaxassis oziq-ovqat xavfsizligi va O‘zbekiston iqtisodiyoti bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib, O‘zbekistondagi bolalarning 10,8 foizi rivojlanishdan ortda qolayotgani aytib o‘tgan.
Komiljon Akramov ushbu so‘zlariga misol o‘laroq bugungi kunga kelib qozog‘istonlik bolalarning bo‘ylari o‘zbekistonliklarnikidan biroz yuqori ekanligini aytib o‘tgan. Uning taʼkidlashicha, SSSR paytida qozog‘istonlik bolalarning bo‘ylari o‘zbekistonliklarga nisbatan past bo‘lgan.
Mutaxassis bolalarning yetarli va to‘g‘ri ovqatlanmagani uchun jismoniy rivojlanishdan ortda qolishini bo‘y o‘sishi va miya ishlashiga taʼsiri borligini ma'lum qilgan.


