1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda har yili avgust oyini “Qatagʻon qurbonlarini yod etish oyi” sifatida oʻtkazilishi kutilmoqda

Mirziyoyev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi.

O‘zbekistonda har yili avgust oyini “Qatagʻon qurbonlarini yod etish oyi” sifatida oʻtkazilishi kutilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi:

 

“Barchamizga ayonki, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu gʻoya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni gʻaflat botqogʻidan qutqarishning asosiy yoʻli – bilim va maʼrifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar.

 

Ular shu yoʻlda fidoyilik koʻrsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, nashriyotlar ochdilar. Jamiyat aʼzolarining dunyoqarashi va turmush tarzini oʻzgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etdilar. Yoshlarni ilgʻor davlatlarga oʻqishga yubordilar. Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan 1 ming 30 dan ziyod mustabid tuzum qatagʻoniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklash yoʻlidagi yangi qadam boʻldi.

 

O‘zbekistonda har yili avgust oyini “Qatagʻon qurbonlarini yod etish oyi” sifatida oʻtkazilishi kutilmoqda.

 

“Fidoyi vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari oʻrnatish, ularning vorislari hamda yaqin kishilariga hurmat-eʼtibor koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda”, — deyiladi prezident murojaatida.

 

Mahalla idoralarida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi burchaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni tashkil etish, har yili kamida 100 nafar qatagʻon qurboni hamda jadidlar hayoti va faoliyatini aks ettiradigan toʻplam tayyorlash rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика