1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

07:52 / 17.08.2024

517

O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

Ba'zi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35, ayrim joylarda 37 darajagacha issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, 18-19 avgust kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика