1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ijtimoiy karta joriy etiladi

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

O‘zbekistonda ijtimoiy karta joriy etiladi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.

 

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolar tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

 

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini taʼkidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini eʼlon qildi.

 

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

 

Bu tizim 1 iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика