1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ikki turdagi yangi avtomashina ishlab chiqariladi

Shuningdek, avtomobil sanoatida eksport hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda ikki turdagi yangi avtomashina ishlab chiqariladi

 

“UzAuto Motors” ikkita yengil mashina modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ma’lum qilingan.

 

Qayd etilishicha, 2022-yildan avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

 

Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:


yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish;

 

“UzAuto Motors” Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, eksport hajmini 2026-yilga qadar 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ham ishlab chiqiladi. Jumladan, “Nexia” avtomobillarini Qozog‘istonda to‘liq siklda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksporti amalga oshiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика