1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ikki yilda 400 ta nomusga tegish jinoyati sodir etilgan

Senat raisi Tanzila Norboyeva ayollar va qizlarga qilingan tazyiqlar bilan bog‘liq 2020-21 yillardagi raqamlarni ochiqladi.

O‘zbekistonda ikki yilda 400 ta nomusga tegish jinoyati sodir etilgan

 

Maʼlum qilinishicha, 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning qariyb 61 mingdan ko‘pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.

 

"Yoki, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan yon-atrofimizda ro‘y berayotgan mudhish va jirkanch jinoyatlarni olaylik. 2020 yilda 156 ta, 2021 yil 243 ta nomusga tegish jinoyati sodir qilingan, Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi, Xorazmdagi bolalar uyi, Sergeli tumanida ona 3 nafar farzandi bilan birga yuqori qavatdan sakrashi.

Xulosa shu-ki, jamiyatimizda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan hamda voyaga yetmagan farzandlarimizga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga qarshi turadigan yana-da mustahkam va qatʼiy qonunlarga ehtiyoj bor.

Bugun biz ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunni tasdiqladik. Qonun ustida ish yil mobaynida davom etdi, qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklar bo‘ldi. Ishonch bilan ayta olamanki, qonunimiz ilg‘or va xalqaro standartlarga javob beradi", — dedi Senat raisi.

 

Qonun bilan oiladagi zo‘ravonlik holatlarini kriminallashtirish nazarda tutilgan. Ayollarga jinsiy zo‘ravonlik va taʼqib qilish uchun javobgarlik belgilanadi.

 

Bezorilik va zo‘ravonlik qurboniga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga himoya orderi berilishi belgilandi. Himoya orderi bilan qo‘shimcha cheklov turlari ham joriy etiladi.

 

Shuningdek, endilikda jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mumkin emas.

 

Bundan buyon voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyat og‘ir deb hisoblanadi.

 

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga bolalar bilan ishlash taʼqiqlanadi. Ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ro‘yxatini (reyestrini) joriy etish tartibi belgilanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика