1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonda ilk bor krevetka yetishtiriladi

Janubiy Koreya davlati bilan O‘zbekistonda ilk bor krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Bu haqda AOKAda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilingan.

 

Xususan, «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, respublikada baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator loyihalarni taklif etmoqda. Jumladan:

 

1) Vengriya bilan mavjud baliqlar naslini yangilash va yangi baliq turlarini iqlimlashtirishga ixtisoslashgan «Naslchilik markazi»ni tashkil etish;

 

2) Xitoy davlati bilan «Qizil kitob»ga kiritilgan baliq turlarining populyatsiyasini tiklash;

 

3) Baliqlar uchun yem ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha jahondagi yetakchi yem ishlab chiqarish kompaniyalarining filiallarini respublikamizda barpo etish masalasi yuzasidan Niderlandiya hamda Eron davlatlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика