1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor sintetik neft ishlab chiqarildi

Uning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuboriladi.

O‘zbekistonda ilk bor sintetik neft ishlab chiqarildi

 

Joriy yilning 15-iyunidan boshlab “Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik neft ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Bugun, 29-iyun kuni soat 7:30 da “Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixda birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilgani va ilk mahsulot olinganligi rasman e’lon qilindi.

 

Ta’qidlanishicha, zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini ta’minlash, shuningdek, ularni to‘liq nazorat qilish va boshqarish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – “Uzbekistan GTL” zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda, xorijiy mutaxassislarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.

 

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, 5 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan sintetik dizelning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuboriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, zavodida yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика