Enetgetika vazirligi xabariga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi hamda XXR kompaniyasi qiymati 1 mlrd 640 mln AQSH dollariga tenggidroinshootlarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Shartnomaga muvofiq loyihalar 2030-yilga qadar to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.
Qayd etilishicha, GTESlarning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha O‘zbekistonda 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 835 mln 655 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, atmosferaga chiquvchi zararli is gazi miqdori kamayishiga erishiladi.
Loyihalar to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 mln 600 mingdan ortiq aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.


