1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

Uning balandligi salkam 100 metr.

O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

 

BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Goldwind” kompaniyasining (XXR) birinchi 4,7MVtli turbinasi o‘rnatildi. Uning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi. 

 

Ma’lumot uchun: ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.

 

Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lib hisoblanadi. 

 

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика