Hozirda Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo‘lga qo‘yilgan. Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda yangi yo‘nalishni o‘zimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.
Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini taʼminlash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.


