1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi maʼlum qilindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda prezident saylovini o‘tkazishda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi maʼlum qilindi

 

Yo‘riqnomaga ko‘ra, saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi aʼzolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va OAV vakillari: haroratni o‘lchash uchun termometr, pirometr, himoya niqobi, bir martalik tibbiy qo‘lqop (saylov komissiyasi aʼzolari uchun), antiseptik suyuqlik (sanitayzer) kabi himoya va profilaktika vositalaridan foydalanishlari talab etiladi.

 

Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqobidan foydalanishi, qo‘l berib salomlashish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktga kirishishning boshqa shakllaridan saqlanishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishi lozim. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5–2 metr oraliq masofani belgilovchi hamda harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar bo‘lishi lozim.

 

Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchaydi, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qiladi va himoya niqobida bo‘lishini nazorat qiladi, zaruratiga ko‘ra himoya niqobi beradi.

 

Uchastka saylov komissiyalari aʼzolari ish faoliyatini amalga oshirishida shaxsiy himoya vositalari (himoya niqobi, antiseptik vositalar)dan foydalanishlari shart.

 

Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida 6 soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

 

Saylov uchastkasi “qizil” yoki “sariq” hududga to‘g‘ri kelgan taqdirda komissiya aʼzolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Unga ko‘ra, taalluqliligi bo‘yicha: maxsus kombinezon, xalat; nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob; ko‘rish aʼzolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob; qo‘llarni himoya qilish uchun — tibbiy qo‘lqop; qo‘l va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt bo‘lgan mahsulotlar.

 

Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bunda tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida ko‘chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi.

 

Koronavirus infeksiyasidan statsionar davolash muassasalarida davolanayotganlar va ushbu maskanlarning ishchi-xodimi bo‘lgan saylovchilarning ovoz berishini tashkil etish uchun ushbu muassasalarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Yashirin ovoz berishni tashkil qilish uchun ushbu toifadagi binolarda ko‘chma ovoz berish kabinalaridan foydalaniladi.

 

Barcha ovoz berish binolarida ovozlarni sanab chiqishda dastlab komissiya aʼzolari qo‘llarini va ovoz berish qutilari dezinfeksiya qiladi, so‘ngra sanash jarayonini ijtimoiy masofa saqlangan holda amalga oshiradi, bunda hozir bo‘lgan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ham tibbiy niqobdan foydalanishlari va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari kerak.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика