O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 ming tonna limon eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Limon eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 131 tonnaga oshgan.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Rossiya (953 tonna), Qirg‘iziston (244 tonna) va Qozog‘istonga (165 tonna) eng ko‘p limon eksport qilgan.


