“Nestle Food” kompaniyasi O‘zbekiston hududida bolalar ozuqasi mahsulotlarining cheklangan miqdorini – tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalarni, shuningdek, aminokislotalar asosidagi maxsus diyetik davolash uchun quruq aralashmalarning ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarmoqda. Bu haqida kompaniya rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, quyidagi mahsulotlar qaytarib olinadi:
- NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari.
- NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari.
- NAN Kislomolochniy (0-12 oy) –51230017A1 partiyasi.
- NAN Supreme (0-12 oy) – 52790742S1 partiyasi.
- ALFARÉ Amino –51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1 partiyalari.
Izoh berilishicha, ushbu mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda va Nestlé kompaniyasi tomonidan tashqi yetkazib beruvchidan olingan xom ashyoda (araxidon kislotasi) sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi aniqlangan ehtimoliy xavf munosabati bilan butun dunyoda ayrim partiyalarni ixtiyoriy ravishda qaytarish choralarining bir qismi hisoblanadi.
Ushbu ingrediyentning miqdori juda kam va O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini miqdorini normalash talab etilmasada, Nestle kompaniyasining ehtimoliy xavflarni kamaytirish bo‘yicha global qarori doirasida “Nestle Food” MCHJ XK 2026 yil 5 yanvardan boshlab bolalar ozuqasi mahsulotining cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarish choralarini amalga oshirmoqda.
“Mahsulotni qaytarish qarori ehtiyot chorasi sifatida va kompaniyaning qatʼiy sifat hamda xavfsizlik protokollariga muvofiq qabul qilindi.
“Nestle Fud” MCHJ XK regulyatorni xabardor qildi va regulyatorga, isteʼmolchilarga hamda mijozlarga kompaniyaning O‘zbekiston bozorida amalga oshirayotgan choralari haqida barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishga tayyor. Ko‘rsatilgan partiyalarning mahsulotini xarid qilgan isteʼmolchilar uni “Nestle Fud” MCHJ XK belgilaydigan tartibda qaytarishlari mumkin.
Ushbu mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti kompaniya tomonidan o‘tkazilgan ehtimoliy xavflarni baholash doirasida taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning cheklangan partiyalariga tegishli.
Mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti yuqorida keltirilgan mahsulotlarning boshqa partiyalari va Nestlé kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilgan boshqa bolalar ozuqasi mahsulotlariga tegishli emas”, deyiladi xabarda.


