1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda nikoh shartnomalari endi videokonferensiya orqali ham rasmiylashtiriladi

Nikoh shartnomalarini notarial tasdiqlash tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda nikoh shartnomalari endi videokonferensiya orqali ham rasmiylashtiriladi

 

O‘zbekistonda nikoh shartnomalarini notarial tasdiqlash tartibi belgilandi. Adliya vazirligi tomonidan “Nikoh shartnomalarini notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Nizomga muvofiq, nikoh shartnomalari notariuslar tomonidan bevosita notarial idora binosida, videokonferensiya orqali yoki ariza beruvchining iltimosiga ko‘ra joyiga chiqqan holda rasmiylashtiriladi.

 

Shartnomani tuzish uchun ariza beruvchi shaxs notarial idoraga shaxsan murojaat qilishi yoki Davlat xizmatlarining yagona davlat reyestri (YDXR) hamda E-notarius.uz axborot portali orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Shartnomani tasdiqlash jarayonida notarius ariza beruvchi(lar)ning shaxsini aniqlaydi va quyidagi holatlarni tekshiradi: tomonlarning nikoh yoshiga yetganligi, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligi, tomonlardan birining boshqa shaxs bilan amaldagi nikohi mavjud emasligi, shuningdek nikoh shartnomasi ilgari tuzilmaganligi.

 

To‘lovlar amalga oshirilgach va shartnoma loyihasi to‘liq rasmiylashtirilgach, tomonlar shartnomani imzolash uchun bir vaqtning o‘zida notarial idoraga taklif etiladi. Shartnomaning barcha nusxalari tomonlar tomonidan notarius ishtirokida, ularning familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq ko‘rsatilgan holda shaxsan imzolanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика