1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekistonda Onalar va bolalar salomatligi markazi tashkil etiladi

Shuningdek, uning 14 ta hududiy filiallarini ochish rejalashtirilgan.

O’zbekistonda Onalar va bolalar salomatligi markazi tashkil etiladi

 

“Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

 

2023-yil 1-oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot  markazi tashkil etiladi. U Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi va Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida faoliyat yuritadi. Hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Markazning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiradi; nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan o‘tkazadi; irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi; sog‘lom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

 

Hujjat bilan Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi; Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика