AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi rahbariyatining maʼlum qilishicha, 2023-yilning o‘tgan olti oyi davomida 6 213 ta holatda 2 391 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.
Shundan:
- 2546 ta (671 gektar, 41 foiz) qonunbuzarlik holatlari berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida ixtiyoriy bartaraf etildi;
- 1 810 ta (922,3 gektar) holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo‘yich sudlarga daʼvo arizalari kiritildi;
- jinoyat alomatlari aniqlangan 334 ta holatda (57,2 gektar) to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi.
Respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 484 ta (3 380 gektar) holat aniqlanib, ushbu yerlarga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 455 ta (3 369 gektar) taqdimnoma hamda sudlarga 29 ta (11,0 gektar) ariza kiritilgan.
Bundan tashqari, 1-iyul holatiga ko'ra, hokimliklar qaroriga asosan 198 500 gektar yerlar davlatzaxirasiga qaytarilgan.


