1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda qancha byudjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan?

Bu haqda Moliya vaziri maʼlum qildi.

O‘zbekistonda qancha byudjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan?

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasi to‘g‘risida maʼlumot berildi.

 

Qayd etilishicha, shu yilning yanvar—sentyabr oylari davomida jami 704,9 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan.

 

«Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagan. Buning natijasida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan yildan-yilga oshib bormoqda.», — deyiladi xabarda.

 

 

Shu sababli xalq vakillari tomonidan vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta ko‘rib chiqish, xodimlarini o‘qitish, ularning salohiyatini oshirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика