1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda qancha deputat koronavirusga qarshi emlangani maʼlum bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov quyi palata deputatlari orasida koronavirusga qarshi vaksina olganlar sonini ochiqladi.

O‘zbekistonda qancha deputat koronavirusga qarshi emlangani maʼlum bo‘ldi

 

 

«Ayni paytda ushbu infeksiyaga qarshi kurashda eng samarali tadbirlardan biri emlash ekanini, bundan boshqa chora yo‘qligini soha olimlari eʼtirof etmoqda. Shunga qaramasdan hozirgi kunga qadar quyi palata deputatlarining 70 nafari ixtiyoriy ravishda emlangan xolos.

Qolgan 75 nafar deputat koronavirusga qarshi vaksina olmagani, shuningdek, quyi palata devoni xodimlari o‘rtasida emlanganlar soni kamligi ham salbiy holat, albatta», – deya taʼkidladi spiker.

Ismoilov bu ishda avvalo har bir inson o‘zi namuna bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

«Aslida biz, tibbiyot xodimlari ishini ko‘paytirmasdan, oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz va do‘stlarimiz hayotini xavfga qo‘ymasdan, avvalo, o‘zimiz namuna bo‘lishimiz lozim. Qolaversa, koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot olib borishimiz, uning ijobiy samarasini aholining barcha qatlamlariga keng tushuntirishimiz zarur», — dedi spiker Nurdinjon Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26 iyun kuni «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib kelmoqda. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlargacha bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика