1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda qancha talaba ijarada yashaydi?

Soliq qo’mitasi raqamlarni ochiqladi.

O‘zbekistonda qancha talaba ijarada yashaydi?

 

Davlat soliq qo’mitasi O‘zbekistonda ijarada turuvchi talabalar sonini maʼlum qildi.

 

1-may holatiga ko‘ra, 311 566 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilgan. Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 227,1 mingta ijara shartnomasi asosida 44,6 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 34 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 21 foizga oshgan.

 

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 84,3 mingta ijara shartnomasi asosida 88,7 milliard so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10 foizga va hisoblangan soliq summasi 30 foizga oshgan.

 

Talabalar bilan 52 236 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 83 181 nafarni tashkil etdi. Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 13,2 milliard so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика