O‘zbekistonda o‘tgan haftada poliz mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 40 foizga arzonlashdi, bu esa ichki bozorda ushbu mahsulot taklifining mavsumiy ravishda keskin oshgani bilan izohlanadi, deydi EastFruit tahlilchilari.
Joriy mavsumda Toshkent shahridagi ulgurji bozorlarda yangi hosilning birinchi yirik partiyalari o‘rtacha ulgurji narxi 6 000 so‘m bo‘lgan may oyi oxiri – iyun boshida paydo bo‘ldi. Bir haftadan so‘ng 5 000 so‘mgacha tushib ketgan o‘rtacha ulgurji narx deyarli butun iyun davomida shu darajada saqlanib qoldi.
EastFruit narxlari monitoringi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 30-iyundan 7 iyuliga qadar poliz mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 5 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha pasaygan, bu joriy mavsumda ushbu mahsulot narxining haftalik keskin o‘zgarishi hisoblanadi.
Bozor ishtirokchilarining fikricha, bu ichki bozorda poliz mahsulotlari taklifining mavsumiy ravishda keskin oshishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan roppa-rosa ikki baravar, 2021-yilning shu sanasiga nisbatan esa 1,8 baravar yuqori.


