1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Qarorga ko‘ra, SSV 2022 yil 1 noyabrga qadar vazirlik muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jigar surunkali virusli kasalligining yagona elektron reyestrini ishlab chiqib, kelgusida uning texnik  va dasturiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 

 

2023 yil 1 yanvarga qadar Reyestrni yuritish qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qiliniib, ularning o‘zaro integrasiyasi yo‘lga qo‘yiladi. 

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratilishini ta’minlanadi. 

 

Davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlarini takomillashtiradi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlashni, shuningdek, Reyestr ishga tushgan paytdan boshlab bu haqdagi ma’lumotning unga kiritib borilishini ta’minlaydi.

 

Bunda, emlanmagan xodimlarni emlash ularning asosiy ish joyi bo‘lgan tibbiyot tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lishi hamda Reyestrning belgilangan tartibda yuritilishi tibbiy faoliyatni lisenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика