1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2022-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 2 aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

 

Avvalroq Toshkentda tarovih namozlari 1-apreldan boshlab o‘qilishi ma’lum qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика