1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda salkam 800 mingta yangi ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan

Bosh prokuratura o‘rganishlar natijasi bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda salkam 800 mingta yangi ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

 

Taʼkidlanishicha, prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.

 

Jumladan, ularning 181 tasining uy-joyi taʼmirlanib, 57 tasiga yangi uy - joylar qurib berilishi taʼminlandi.

 

Shuningdek, 2 ming nafardan ortiq ehtiyojmand oilaning ishsiz aʼzolari bandligi taʼminlandi.

 

“Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 246 673 nafar xotin-qizlar va 36 687 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini ko‘llab - quvvatlashga doir ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Prokurorlar tashabbusi bilan 582 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 8 ming 759 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

 

Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Shu bilan birga, 10 789 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik to‘sqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 8030 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 2 426 ta muammo ijobiy hal etildi.

 

Shuningdek, o‘rganishlarda 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика