1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik transferni amalga oshiradi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovga ko‘ra, natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun avvalgidan 4 barobar kamroq mablag‘ sarflaydi. 

 

"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo‘natiladi va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.

 

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

 

"Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, yaʼni 4 barobar arzonga tushadi", dedi Jamoliddin Boboxonov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика