Bugun, 5-dekabrdan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunga respublikada kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sabab bo‘lgan.
“Yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.


