1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda “Spark” ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?

Bu bo‘yicha “O‘zavtosanoat” rasmiy izoh berdi.

O‘zbekistonda “Spark” ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?

 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "General Motors" kompaniyasi 2022-yilning avgust oyigacha "Spark" avtomobili ishlab chiqarishni to‘xtatib, uni sotuvdan olib tashlamoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi.  

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Spark" hozirgi davr uchun "moda"dan qolgan va 2021-yilda ushbu rusumdagi avtomobilning sotuvi hajmi tushib ketgan. Kompaniya uning o‘rniga "Trax" krossoverini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan.

 

"O‘zavtosanoat" matbuot xizmatining "Nova24"ga ma’lum qilishicha, "General Motors" kompaniyasining bu qarori O‘zbekistonda kamida 2023-yilgacha "Spark" ishlab chiqarilishiga taalluqli emas. Mamlakatda bu jarayon odatdagidek davom ettiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика