Mazkur vaksina Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarilgan.
«‘Sputnik V‘ vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Ushbu partiya nazorat sifatidan o‘tkazish uchun Rossiyada joylashgan Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markaziga yuboriladi. Bu zaruriy jarayon, u hamma yerda qo‘llaniladi. Hozirda tekshiruv natijalarini kutyapmiz, sifati to‘g‘ri kelsa, bu vaksinani ishlab chiqarish amalga oshiriladi», — deydi Yusupaliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Xitoy tomoni bilan ham vaksina ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda.
«Xitoylik hamkasblarimiz Jurabek Laboratories korxonasida tashkillashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlaridan to‘liq qoniqish hosil qilgan», — deya taʼkidlaydi Davlat bosh sanitariya vrachi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgani maʼlum qilingan edi. O‘zbekiston tomoni bunday taklif bilan 2020 yilning dekabridayoq chiqqan va ishlab chiqarish maydonchasi sifatida Tashkent Pharma Park hududini taklif qilgan edi.


