1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda talaba bo‘lish imkoniyati 39 foizga ortdi

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi direktori vazifasini bajaruvchi, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Feruza O‘sarova so‘nggi yillarda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklar haqida o‘z fikrlarini birdirdi.

O'zbekistonda talaba bo‘lish imkoniyati 39 foizga ortdi

 

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi direktori vazifasini bajaruvchi, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Feruza O‘sarova so‘nggi yillarda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklar haqida o‘z fikrlarini birdirdi.

 

Mohiyatan aytganda, yurtimizda Oilalar ko‘p farzandli ekanligi katta boylikdir. Shu maʼnoda xalqimiz bolajon xalq, farzandlarini oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazishni chinakam saodat deb biladi.

 

Har bir oilada ham bog‘cha bolasi, ham maktab o‘quvchisi, ham talabalar bor. Ilgari farzandimiz maktabni tugatish arafasida har bir ota-ona beixtiyor tashvishga tushib qolardi. Nega deysizmi? Negaki, har bir ota-onani farzandini qayerga o‘qiydi, ertaga kim bo‘ladi, hayotda o‘z o‘rnini topa oladimi, o‘qimagan farzandning qiziyu-o‘g‘lini taqdiri ertaga qanday kechadi, degan savollar qiynardi. Chunki o‘sha paytda yurtimizda oliy o‘quv yurtlari soni kam bo‘lishi bilan birga qabul kvotalari ham hech kimni qoniqtirmasdi.

 

Ko‘pchilik ota-onalarni qiynagan bu muammo nihoyat, o‘z yechimini topdi. Bunga tizimli tub islohotlar natijasi o‘laroq erishilmoqda.  Eng muhimi, o‘tgan davr mobaynida oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga yetdi, ularga qabul qariyb 5 baravarga va talabalar soni 1 millionga oshdi. Endi har bir yigit-qiz bir yo‘la faqat bittagina emas, balki beshta oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyati yaratildi.

 

Bugungi islohotlarning eng katta yutug‘i bu farzandlarimizga o‘zi qiziqqan va orzu qilgan yo‘nalishini tanlashga keng imkoniyatlar yaratib berilgani bo‘ldi. Natijada oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirildi. Bu oddiy sonlar emas, bu qanchadan-qancha yoshlarning, ota-ona, bobo-buvilarning orzu-umidi va niyatlari ijobat bo‘lganining amaldagi tasdig‘idir.

 

Bundan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qish imkoniyati yana-da kengaydi. Aniqroq aytganda, oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan davlat grantlari soni 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi. Ilm va bilim olish yo‘lida to‘xtab qolmaslik maqsadida magistratura yo‘nalishlari uchun taqdim etilayotgan grantlar esa 5 barobar ko‘paydi. Bu kabi islohotlar yoshlarimizga o‘z ustida tinmay ishlab, yetuk raqobatbardosh kadr bo‘lib shakllanishida muhim qadam ekanligini vaqt ko‘rsatib turibdi.

 

Yashirib nima qildik, ilgari ayrim bilimli yoshlar o‘qishga kirgach, kontrakt to‘lovini to‘lay olmay o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Bu muammo ham adolatli yechimini topdi. 2021 yildan boshlab, to‘lov–kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba yoshlar uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilgani ayniqsa, ota-onalar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Buning namunasi sifatida bugungi kunga qadar 151 ming nafar talabaga 1,7 trln so‘m imtiyozli taʼlim kreditlari berilganini aytish joiz.

 

Bu hali hammasi emas.

 

Yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topish maqsadida amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan yana biri farzandlarimizni monomarkazlarda hunarga, kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yilganidir. Bilasizmi, bugun yurtimizdagi 210 Ta oliygohdan tashqari 330 Ta kasb–hunar maktabi, qariyb 400 ga yaqin kollej va texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular maktab bitiruvchilarini qabul qilishga tayyor bo‘lib turibdi. Demak, endi har bir ota-ona bolasining kelajagi uchun ko‘ngli xotirjam bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

 

Xulosa qilar ekanmiz, bugun yoshlarimizga berilayogan imkoniyat va erishilayogan yutuqlar ertaga nafaqat farzandimiz va oilamizning, balki yurtimizning jahon hamjamiyati oldidagi obro‘-eʼtiborini va imidjini yana-da ko‘tarishga xizmat qiladi.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика