1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ro‘yxati yangilandi

Prezident farmoni bilan barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “aʼlo” bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalari uchun yangi davlat stipendiyalari taʼsis etildi.

O'zbekistonda talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ro‘yxati yangilandi

 

Prezident farmoni bilan talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ro‘yxatiga o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko'ra, barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “aʼlo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs (yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari taʼsis etildi: 

 

  • texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;

  • tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;

  • humanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;

  • tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;

  • tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;

  • kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;

  • tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;

  • jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;

  • O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

  • barcha yo‘nalishlarda — Islom Karimov nomli.

 

Shuningdek, belgilanishicha:

 

  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;
  • Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;
  • Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
  • Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
  • Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
  • To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
  • Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика