O’zbekistonda qariyb 1 soatdan beri Telegram messenjerida uzilishlar kuzatilmoqda. Holat yuzasidan “Telegram Uzbekistan” kanali ma’lumot berdi.
“Telegram'da bir muncha vaqt davomida aloqa uzilib qolmoqda. Jamoa bundan xabardor. Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.


