1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O`zbekistonda termik depressiya kuzatildi

Natijada O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.

O`zbekistonda termik depressiya kuzatildi

 

"O‘zgidromet" ma`lumotlariga ko‘ra, 11-iyuldan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha termik depressiya kuzatildi — bu odatda O‘rta Osiyoning barcha hududlari bo‘yicha eng issiq ob-havo davri bilan bog‘liq bo‘lgan sinoptik jarayondir.

 

Natijada O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.

 

Shundan so`ng 11-13-iyul kunlari issiq maksimal rivojlanish ko‘rsatkichlariga yetdi. Havo harorati 40-42 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45 darajagacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46 darajagacha ko‘tarildi.

 

Qayd etilishicha, dam olish kunlari havo harorati 33-38 darajadan oshmaydi, faqat ba’zi joylarda 39-40 darajaga yetadi. Biroq keyingi haftaning boshida havo harorati biroz ko‘tariladi, ammo bu ko‘tarilish yana qisqa muddatli bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun, termik depressiyaning davomiyligi 2-3 kundan 5-7 kungacha o‘zgarib turadi, ayrim yillarda esa 1,5-2 haftagacha saqlanib turishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика