1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

O‘zbekistonda Tiktok blokdan chiqariladi

Vazirlik bu bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda Tiktok blokdan chiqariladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Twitter, TikTok va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha cheklovlar tez orada olib tashlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov izoh berdi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ijtimoiy tarmoqlar haqiqatdan ham blokdan chiqariladi, biroq aynan qaysi kuni taqiq olib tashlanishi noma’lum. 


“Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgan xizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqariladi, faqat qachonligi aniq emas, bugunmi, ertagami yoki boshqa vaqtmi... Hozir Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangani bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, kompaniyalar bilan kelishuvlarga erishishga harakat qilinyapti, ammo oxirgi “etap”ga yetib kelmadik. Aynan qaysi sanada blokdan chiqarilishi bo‘yicha hozir biron narsa deya olmaymiz. Ammo haqiqatdan ham ishlar olib borilyapti”, — deydi Sherzod Ahmatov.


Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 2-iyul kuni O‘zbekistonda Skype, Twitter, TikTok va Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish cheklangandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика