1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Maxsus ruknlar / 
  4. O‘zbekistonda to‘liq joriy etilayotgan 5G: uning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri bormi?

16:02 / 10.03.2023

1.5k

O‘zbekistonda to‘liq joriy etilayotgan 5G: uning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri bormi?

O‘zbekistonda to‘liq joriy etilayotgan 5G: uning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri bormi?

Zamon.uz bu bo‘yicha ayrim maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola etadi.

 

Bugun, 10-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonda joriy yil mart oyidan boshlab mobil internet tezligining oshirilishi hamda mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasining joriy etilishi maʼlum qilindi.

 

Endilikda mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyasi eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilanadi va 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi. Qator tayanch stansiyalari 5G standartiga moslashtiriladi. Natijada mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 5G aloqalarining sinovdan o‘tkazilishi O‘zbekistonda ilk bor 2019 yili muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 2021 yili yetakchi mobil aloqa operatorlari 5G tarmog‘ini Tashkent Cityʼda ishga tushirishgan. 

 

2022 yili esa Samarqand turizm markazida 5G tarmog‘ini test qilish boshlangan. Bu haqda raqamli texnogiyalari vaziri Sherzod Shermatov maʼlum qilib, O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAC tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilayotganini bildirgan.  Shuningdek, GSMA xalqaro assotsiatsiyasi hisobotida mobil aloqa operatorlari 2025 yilga borib O‘zbekistonda tijorat 5G tarmog‘ini ishga tushirishi aytiladi.

 

5G zararli ekani haqida xavotirlar

 

Bugun butun dunyoda beshinchi avlod aloqa standartini joriy etish hamda bu tarmoqda ishlaydigan qurilmalar yaratishga zo‘r berilmoqda. Biroq uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham bor.

 

Mutaxassislar fikricha, 5G tarmog‘ining to‘liq ishga tushirilishi ob-havo prognozlarini aniqlashni qiyinlashtiradi. Sababi – 5G tarmoqlari yuqori, shu jumladan, 24 gigagerslik chastotani ham qo‘llaydi. Ayni shunga yaqin – 23,8 gigagerslik chastota meteorologlarga bo‘ronlar, to‘fonlar va dovullarni oldindan aniqlashga yordam beradi. Mazkur diapazonda okeanlarda bug‘ hosil bo‘lishi intensivligini bildiruvchi tabiat signallarini ushlab olish mumkin. 5G to‘lqinlari ularni to‘sib qo‘yadi va ob-havoni prognoz qilish qiyinlashadi. Natijada okean va dengizlar sohillarida yashaydigan aholi o‘zlariga yaqinlashib kelayotgan bo‘ron haqida 2-3 kun kechikib xabar topishi mumkin.

 

Bundan tashqari, mazkur texnologiyaga hamma ham birdek xayrixoh emas. Ayrim kishilarning xavotiriga ko‘ra, mazkur texnologiya sog‘lik va atrof-muhit uchun zararli hisoblanadi. Ular go‘yoki “elektromagnit gipersezgirligi”dan aziyat chekayotganliklarini taʼkidlashadi.

 

2019 yili “Scientific American” gazetasida eʼlon qilingan maqolaga ko‘ra, 5Gning joriy etilishi saraton bilan kasallanganlar sonining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bu Kaliforniya universiteti professori Joel Moskovitsning xulosasi edi.

 

1,5 haftadan so‘ng uning nuqtayi nazariga qarshi material chop etiladi. Unda aytilishicha, Moskovits nazariyasi hech qanday dalilga asoslangan emas. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, jumladan, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tadqiqotlari mobil aloqaning sog‘liq uchun xavfliligini tasdiqlamagan. Shunday qilib, 5G‘ning salomatlikka zarar ekani haqida haligacha aniq dalillar yo‘q.

 

5G texnologiyasining foydali jihatlari

 

Oldingi mobil aloqa avlodlaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo‘lgan barcha turdagi xizmatlarni yuqori sifatda va tezlikda qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘plab xizmatlarni integratsiya qiladi hamda mavjud fizik obyektlarning ko‘plari 5G tarmoqlari dasturi ko‘rinishida ishlab chiqilgan. 5G tarmoqlari orqali barcha simli va simsiz aloqa xizmatlari — Sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Maxʼdan foydalanish mumkin. 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit maʼlumot uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, 3D formatda online filmlar tomosha qilish, sensor texnologiyalari, smart home, smart city, avtomatlashtirilgan sanoat, o‘z-o‘zini boshqaruvchi aqlli obyektlar, aqlli tibbiyot, aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, gologramma va boshqa telekommunikatsiya xizmatlariga ega bo‘lishadi.

 

2023 yilda O‘zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli, shuningdek, respublikadagi viloyati markazlari qisman qamrab olish taʼminlanadi. Ishlar yakuniga yetgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика