1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekistonda Umra ziyorati narxlari oshirilishi mumkin

Musulmonlar idorasi bunga nima sabab bo‘lishini ma’lum qildi.

O’zbekistonda Umra ziyorati narxlari oshirilishi mumkin

 

Joriy yil 5-mart kunidan e’tiboran, Podshohlikka PZR test javobisiz kirish hamda oraliq masofani saqlash tartibi bekor qilingandi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha davlatlar, xususan, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan.


O’zbekiston Musulmonlar idorasining ma’lum qilishicha, yuqoridagi holatlar Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi xizmat turlariga talabning oshishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ta’sir qilishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun: shu yilning 17-mart holatiga ko’ra, 21-mingdan ortiq ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo‘natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog‘i umra amallarini to‘liq ado etib, O‘zbekistonga qaytib keldilar.

 

Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика