1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalari barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergeliga bordi

O‘zbekistonda umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalari barpo etiladi

 

Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Prezident matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning may oyida ishga tushirilgan ushbu korxonada 350 dan ortiq turdagi, yiliga 30 ming tonna alyumin profil ishlab chiqarilishi mumkin. Davlat rahbari bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

 

"Dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalarini barpo etmoqchimiz. ‘Yashil’ energetika - mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun tayyor bozor, katta imkoniyat. Faqat asosiy talab — sifat", - dedi Prezident.

 

Korxonaga Italiya, Janubiy Koreya va Turkiyadan eng zamonaviy uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatilgan. Natijada 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Sentyabr oyidan qo‘shimcha yangi 130 turdagi alyumin profillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qayd etilishicha, import o‘rnini bosishdan tashqari, mahsulotlarning bir qismini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика