1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Prezident Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida maʼlum qildi.

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

Qayd etilishicha, investorlar masalalarini tezkor hal etish, ularning davlat rahbari bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida prezident huzurida Xorijiy investorlar kengashi ish boshladi

 

«Men xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlar bilan ko‘proq muloqot qilishga intilaman. Sizlarning g‘oya, taklif va tashabbuslaringiz menga kuch-g‘ayrat beradi, yangi islohotlarga undaydi. Shu bois, yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uchrashuvlar o‘tkazishga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman», — dedi prezident.

 

Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.

 

Qonunlarda xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini majburiy ijroga qaratish mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilgani taʼkidlandi. 

 

«Joriy yilda ham tadbirkorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha islohotlarimiz davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro ekspertlar ko‘magida tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi», — dedi davlat rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика